Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsum kelib tushgan loyihalar bo‘yicha ishchi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsum kelib tushgan loyihalar bo‘yicha ishchi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan “Ochiq budjet” axborot portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlari o‘tkazish boʻyicha jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Yig‘ilishda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi, ishchi komissiya raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna boshchiligida Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Imomov Sanjarali Tolkinovich , mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda ishchi komissiya a’zolari ishtirok etdi. 

 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumi uchun loyihalarni qoldirish muddati joriy yil 1-fevraldan 20-fevralga qadar etib belgilangan bo‘lib, ushbu davrda fuqarolar tomonidan jami 137 994,9 mln.so‘mlik 149 ta loyiha qoldirilgan bo'lib loyihalar sohalarga ajratilib, buyurtmachi tashkilotlarning bergan xulosalariga asosan mablag‘ miqdoriga aniqlik kiritish va xulosa berish uchun ishchi komissiya a’zolariga taqdim etildi.

Slide 1 of 8