📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi raisi S.Astonovning bugun, 18-dekabrda qabul qilgan " Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining
navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 2025-yil 23-avgustdagi “Tuman Kengashi deputatlari, faol nuroniylar va aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarning muhokamasi to‘g‘risida”gi VII-16-84-7-93-K/25-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida.
Bulung‘ur tumanida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatiga kiritilgan va moddiy yordamlar ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish haqida.
Bulung‘ur tumanining 2025-yil 4-chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda ko‘paytirish haqida.
Bulung‘ur tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida.
Boshqa masalalar.
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashi