O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashining “9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasidagi tadbirlar rejasiga muvofiq, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘.Shukurov tumandagi 6-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun “Halollik darsi”ni o‘tdi.
Dars jarayonida yoshlarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillarini hayotda qo‘llashning ahamiyati, fuqarolik mas’uliyati hamda har bir insonning korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishi lozimligi haqida keng ma’lumotlar
berildi.
Dars ochiq muloqot shaklida o‘tdi, o‘quvchilar o‘z qiziqtirgan savollariga javob oldi. Bunday tadbirlar yoshlarda huquqiy ongni oshirish, halollik madaniyatini shakllantirish va faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.