Xalq deputatlari Pastdargpom tuman Kengash deputati M.Pardayev "Guliston" mahallasida bo‘lib, "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda mahalladagi qabristonlar, ariq va zovurlarning holati bilan joyiga borib tanishdi. Obodonchilik, tozalik va xavfsizlikka oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolar qayd etildi.
Qabristonlardagi sanitariya holati, yo‘laklar va yoritish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ariq va zovurlarning tozalanishi, suv o‘tkazuvchanligi, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan joylar aniqlandi.
Hamkorlikda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Deputat va "mahalla yettiligi"ning bunday hamkorlikdagi ishi hudud tartib-intizomi, obodonligi va aholi farovonligiga xizmat qiladi.