🌱 Shaharda ekologik holat o‘rganildi
✔️Xalq detutatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda shaharning ekologik holatini o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.
📍 O‘rganishlar davomida ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hududlar hamda istirohat bog‘lariga tashrif buyurildi.
👥 Deputatlar B. Rahmonov, F. G‘aybullayev va N. Haydarova tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🌳 yashil hududlarni kengaytirish,
🏞 yangi istirohat bog‘larini barpo etish,
♻️ shahar va maishiy chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish,
🚍 ekologik barqaror va qulay transport vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.
💬 Soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, jamoat transportidan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari ehtiyojlarini inobatga olish masalalari muhokama qilindi.
🏛 Shuningdek, madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
🔚 O‘rganishlar yakunida shaharning ekologik barqarorligini ta’minlash, aholi uchun sog‘lom va ko‘rkam muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.