So‘nggi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimi zamonaviy dunyo talabiga moslashish yo‘lida yangilanib bormoqda. Bu jarayonda ta’lim tizimiga ajratilayotgan mablag‘larning sezilarli darajada oshishi muhim rol o‘ynamoqda.
Ammo, ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun faqat infratuzilmaga e’tibor qaratish yetarli emas. Pedagoglar malakasi va sifati, ta’lim jarayoni samaradorligi ham muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sohadagi mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratilib, pedagog-kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirishga bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Shu nuqtayi nazardan,biz deputatlar belgilangan maqsad va vazifalarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilishga, ta’lim tizimidagi islohotlar natijadorligini ta’minlashga yanada faol bo‘lishimiz zarur. Zotan, sifatli ta’lim—kelajak poydevoridir.
Flora Xolmuratova,
Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati