Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi to‘qqizinchi sessiyasi davomida, Kengash raisi Sh.Rahmonovning 77 nafar pastdarg‘omlik chin yetimlarni deputatlar qaramog‘iga olish xususidagi taklifini tuman Kengashi deputatlari yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashgani xususida xabar qilgan edik.
Shunga muvofiq, ayni kunlarda deputatlarimiz bolajonlar holidan xabar olib, uchrashuvlar o'tkazmoqda.
Ular bilan samimiy suhbat qurib, qiziqishlari, taʼlim-tarbiyasi, kelgusi reja va maqsadlari hamda ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda.