Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar bitiruvchi yoshlarga omad tiladilar!

Bugun barcha hududlarda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirlarda Xalq deputatlari Pastdargom tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok etdilar. Deputatlar tomonidan bitiruvchi yoshlarga hayotda o‘z yo‘llarini topish, katta orzular sari dadil qadam tashlash, yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shuvchi yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlari tilandi.Shuningdek, tadbirlar davomida deputatlar tomonidan bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bu sovg‘alar yoshlar uchun nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan ham muhim bo‘lib, ularning maktab davrini yodda saqlashlari, kelgusidagi hayotlarida ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz.Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishga, ularning porloq kelajagi yo‘lida har doim tayanch bo‘lishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 3