Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatning munosabati

Maktab ta’limidagi islohotlarning yangi bosqichi

Prezidentimiz raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar muhim ahamiyatga ega. Mamlakat kelajagi rivoji ta’lim sohasining bugungi holati bilan bevosita bog‘liqdir.Bilimli, manaviyatli sog‘lom va vatanparvar avlodni tarbiyalash davlatimizning raqobatdoshligini ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ajratilayotgan mablag‘larning ko‘paytirilishi, ta’lim muassasalari infratuzilmasining takomillashuvi yurtimizni barqaror taraqqiy ettirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Iqtidorli yoshlarni xorijiy universitetda o’qitish uchun “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi”ning amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtidorli yoshlari uchun keng imkoniyatni yaratib berishi shubhasiz. 

Flora Xolmurotova.

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi kotibiyat mudiri

Slide 1 of 1