Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH, AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT
янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA: MARKAZIY CHIQINDIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI

MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi “Novdak” mahallasida deputatlik nazorati doirasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bandligini ta’minlash hamda bitiruvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish holatini o‘rgandi.
⏺ O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi Boltayev Amirjon Fayzullaevich tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
📊 Bitiruvchilar bandligi 100 foizni tashkil etdi!
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda mahallada jami 47 nafar bitiruvchi mavjud bo‘lib, ularning barchasi bandligi ta’minlangan. Jumladan:
🗣 5 nafar bitiruvchi doimiy ishga joylashtirilgan;
🗣 6 nafar bitiruvchi kasb-hunarga yo‘naltirilgan;
🗣 36 nafar bitiruvchi ta’limning keyingi bosqichiga qabul qilingan.
Shuningdek, mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport musobaqalari va turli ijtimoiy tadbirlarga keng jalb qilish, kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar ham amalga oshirilmoqda.
⏺ O‘rganish yakunida yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, bitiruvchilarni kasb-hunar va ta’lim yo‘nalishlariga maqsadli yo‘naltirish, shuningdek, har bir yoshning qiziqishi va ehtiyojidan kelib chiqib, ular bilan individual ishlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputatlik nazorati orqali mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va kelajagi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlarni e’tiborda tutadi.

Slide 1 of 5