Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, vakillik hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va mavjud boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi.
🔵So‘rovnoma o‘tkazish jarayonida deputatlarga o‘tkazilayotgan ushbu sotsiologik tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha tushunchalar berildi.
🔵Deputatlar tomonidan bildirilgan fikrlar faqat deputatlarning mavjud faoliyatini baholashga emas, balki mahalliy Kengashlar vakolatlarini kuchaytirish va ularning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan institusional islohotlarning rivojlanishiga ham xizmat qiladi.