Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH, AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT
янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA: MARKAZIY CHIQINDIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
Bugungi kunda deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borayotgan faoliyati hududlarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish hamda aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich o‘zi saylangan okrugdagi “Xurriyat” mahallasida deputatlik nazorati doirasida mahalla yettiligi faoliyati, xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🗣 O‘rganish jarayonida mahalla bankiri Tojiboyeva Feruza tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi daromad manbalarini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
🗣 Tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — bandlikni ta’minlashning muhim omili.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning sentabr oyida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 1 nafar fuqaroga 30 million so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratilgan. Ushbu ko‘mak fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, o‘z daromad manbaini shakllantirish va iqtisodiy faolligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Shu bilan birga, mahallada aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
🔵 O‘rganish yakunida mahalla bankiri faoliyatini aholi ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish hamda ajratilgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlik nazorati doirasida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan ishlarni e’tiborda tutadi.

Slide 1 of 2