MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Shuxrat Abduxamidovich Abduvoxidov olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, ekspertlar, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etib, kun tartibidagi masala yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar.
🗣 Kun tartibidagi asosiy masala Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda 2027-yil uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi.
🗣 Yig‘ilishda mas’ul bo‘limning hisoboti tinglanib, korxona va tashkilotlarda ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash masalasi muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda taklif etilayotgan ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqish, tashkilotlar faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olish hamda bandlik masalalariga tizimli yondashish yuzasidan fikr almashildi.
⏺ Ta’kidlash joizki, ish o‘rinlarini belgilash bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida va puxta ko‘rib chiqish aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslaridan samarali foydalanish hamda hududda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⏺ Muhokamalar davomida komissiya a’zolari va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar ko‘rib chiqilib, masala yuzasidan tegishli tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilandi.
⏺ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli xulosa va takliflar inobatga olinib, namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi hamda mazkur masalani Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.
✅ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi doimiy komissiyalarining faoliyati hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarni ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tegishli yo‘nalishlarda muhokama qilish hamda muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishiga ko‘maklashishga qaratilgan.