Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_Qonun #PF_193_son_Farmon_ijrosi #Ish_reja_ijrosi #Oylik_Ish_reja_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi 📌 MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashning 5-sonli “Guliston–Galaguzar” saylov okrugidan saylangan deputat O.Umarovning saylov okrugiga qarashli “Galaguzar” mahallasida deputatlik faoliyatining 24 ta yo‘nalishi doirasida mahalla ijtimoiy xodimi S.Nomozovaning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda ularning ijtimoiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📍 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi doirasida mahallada olib borilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash; 🔹 Aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish; 🔹 Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish; 🔹 Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish; 🔹 Kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; 🔹 Amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
📊 O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar almashildi.