Mahalla hayotidagi muammolarni aniqlash, ularni hal etishda nuroniylar tajribasi va hayotiy tavsiyalariga tayanish muhim ahamiyatga ega. Zero, nuroniylar mahalla hayotini yaxshi biladigan, yosh avlod tarbiyasi va jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlashda katta tajribaga ega insonlardir.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati V.Xasanov mahalla nuroniylari bilan uchrashib, hududdagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi.
Mahallada obodonlashtirish ishlarini yaxshilash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, yoshlar tarbiyasi, oilalarda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.