Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Hasanbek Qudratov tomonidan aholining elektr ta’minotini yaxshilash hamda sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatlarni ijro etish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi kiritildi.
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini, Pastkichaqir qishlog‘i Obod yurt ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tuman hokimining sayyor qabulida elektr ta’minotini yaxshilash, elektr ustunlarini o‘rnatishtirish hamda tarmoq tortish masalasida murojaat qilgan edilar.
Mazkur murojaat yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Pastkichaqir qishlog‘iga 10 ta beton elektr ustuni olib borilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar o‘rnatilmagan hamda elektr tarmoqlarini tortish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Deputatlik so‘rovi Yangiobod tuman elektr ta’minoti rahbari Sh.Rizzayevga yo‘llandi.