Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati A.Altinov nomidan tuman Kengashi kotibyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Qaytmas mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yoshlarni sport, madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish hamda yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kelajak avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3