Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
13-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar uchun iliq va qulay muhit yaratish — ta’lim muassasalari oldidagi muhim vazifalardan biridir. Maktabning isitish tizimi sozligi, ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi va hudud obodonligi o‘quvchilar salomatligi hamda sifatli ta’lim olishlari uchun katta ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Havotog‘ QFYdagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
Ko‘mir yoqilg‘isi — mavsum uchun yoqilg‘i zaxirasi va saqlash sharoitlari;
Qozonxona faoliyati — qozonxonaning texnik holati va xavfsiz ishlashiga oid masalalar;
Isitish tizimi — sinfxonalar va boshqa xonalarda zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari;
Maktabdagi sharoitlar — o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar, tozalik hamda hudud obodonligi.

Kuz-qish mavsumini tashkiliy jihatdan puxta o‘tkazish, mavjud sharoitlarni muntazam nazorat qilish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimdir. Bu borada maktab ma’muriyati hamda tegishli mas’ul tashkilotlarning hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Maqsad — 9-sonli maktabda qish mavsumida o‘quvchilar uchun xavfsiz, iliq va qulay ta’lim muhitini ta’minlashga ko‘maklashish.

Har bir maktabda munosib sharoit — sifatli ta’lim va sog‘lom kelajak garovi!

Slide 1 of 2