Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy Kengashlarning nazorat va norma ijodkorligi faoliyatini monitoring qilish bo‘limi tomonidan 2026-yil sentabr oyi davomida o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilindi.

Muhokamada tahlillar natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini yanada takomillashtirish, doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish hamda aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, deputatlar, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, bosh mutaxassislar hamda tuman Kengashi ekspert guruhi a’zolari N.Xaitqulov va Sh.Eshovlar ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va kelgusidagi ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Muhokama yakunlari asosida doimiy komissiyaning tegishli qarori namunaviy tartibda ishlab chiqildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!