Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati A.Altinov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Qaytmas mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!