#deputat nazorati
#Bozorlardagi aholi istemoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan tuman markazidagi bozorda aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holati o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning narx-navo barqarorligi, savdo sharoitlari hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan monitoring olib borildi.
🔷Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining iste’mol savatchasiga kiradigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar barqarorligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay savdo sharoitlarini yaratishdan iboratdir.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!