#jarayon
📍Hududimizda yoshlar o‘rtasida to‘y marosimlarini ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz, ixcham va mazmunli tarzda o‘tkazish madaniyatini shakllantirish maqsadida targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi G.Achilovalar tomonidan yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar milliy qadriyatlarimizga mos, ammo ortiqcha xarajatlarsiz o‘tkaziladigan to‘ylarning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!