#deputatlik faoliyati
#Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati
📚Tuman Kengashi deputatlari B.Baxovadinov va bosh mutaxassis Sh.Eshovlar tomonidan tuman markazida joylashgan axborot-kutubxona muassasasining faoliyati o‘rganildi.
📕O‘rganish jarayonida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar va yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🖋Deputatlar kutubxonada kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda kitob fondini boyitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdi.
🖇O'rganish jarayonida ma’naviyat bo‘limi faoliyati ham alohida e’tiborga olinib, aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifati va qamrovi tahlil qilindi. Bo‘lim tomonidan tashkil etilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi muhokama qilindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!