Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#deputat faoliyati

# Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

📌Aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Reysenov Erlan Adilbayevich o‘z hududidagi 41-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining 📚kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📚Tashrif davomida deputat maktab kutubxonasidagi mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, kutubxona xodimlari bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.

📖O‘rganish jarayonida ayrim darsliklar va badiiy adabiyotlar yetishmasligi, zamonaviy axborot-resurslar bazasini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4