#jarayon
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
⚽️Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 3-Oq ota saylov okrugi deputati Peysenov Erlan Adilbayevich tomonidan "Ko'kmo'yin" MFY hududidagi 41-umumta'lim maktabining sport zali o'rganildi.
🏀O‘rganish davomida maktabning sport zali, undagi mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini sifatli o‘tishlari uchun yaratilgan sharoitlar, sport inventarlarining yetarliligi va foydalanish holati tahlil qilindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!