#deputatlik_faoliyati
Deputatlar tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari B.Baxovadinov hamda N.Dushayevalar tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy yordamlarning yetkazilishi holati tahlil qilindi.
Deputatlar dastlab ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, ro‘yxatlar va hisobotlar bilan tanishdilar. Kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!