Olmaliq shahar Kengashi deputati Alisher Samadov tomonidan shahardagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Ko‘zdan kechirish jarayonida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:
🧽 Sanitariya-gigiyena holati: Oshxona va guruhlardagi tozalik darajasi;
🍲 Taomnoma: Bolajonlarga berilayotgan ovqatlarning sifati va belgilangan me’yorlarga mosligi;
🏫 Bino holati: Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan xavfsiz va qulay sharoitlar;
👩🏫 Ta’lim sifati: Tarbiyachilarning bilim darajasi va mashg‘ulot o‘tish metodikasi.
O‘rganish yakunida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot rahbariga tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi. Bolajonlarimizning salomatligi va ta’lim-tarbiyasi doimiy e’tiborda!