🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov "Qaliya" MFY hududdagi aholi tomonidan elektr energiyasi masalasida bildirilgan muammolari o‘rganildi.
🔸O‘rganish davomida, hududdagi I.Karimov shox ko‘chasida o‘rnatilgan tungi yoritgich chirolarida hamda 12-sonli umumtaʼlim maktabining TP-241-sonli elektr transformatorida nosozliklar borligi aniqlandi.
🔸Yuqoridagi masalalarni bartaraf etilishi yuzasidan deputat tomonidan shahar elektr tarmoqlari korxonasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi masʼullariga murojaat etildi va muammolar o‘zini ijobiy yechimini topdi.