Hurmatli shahrimiz fuqarolari! Sizni qiynayotgan muammolar, mahallangiz obodligi yo‘lidagi takliflaringiz va murojaatlaringiz bormi? Unda ushbu uchrashuv aynan Siz uchun!
🗓2026-yil 25-mart kuni
🔜Soat: 13:00da
📍Manzil: Olmaliq shahar 12-sonli maktab binosi
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Karimov Daniyar Dilmuratovich quyidagi mahalla fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazadi:
✅ “Saxovat”
✅ “Koinot”
✅ Mahmudxo‘ja Behbudiy
✅ “Oltin”
✅ Ahmad Yassaviy
✅ “Navro‘z”
✅ “Yulduz”
✅ “Tinchlik”
🛠Murojaatlarni joyida tahlil qilish va yechim topish maqsadida tadbirda:
🔹Mahalla “yettiligi”;
🔹Shahardagi kommunal va qurilish soha mas’ullari;
🔹Ijtimoiy soha tashkilotlari rahbarlari;
🔹Ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashadilar.
✨ Maqsadimiz — har bir murojaat tinglanishi va muammolar tizimli hal etilishini ta’minlash. O‘z taklif va mulohazalaringiz bilan faol ishtirok eting!