Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada shahar hayoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
📍Sessiya kun tartibidagi masalalar:
1️⃣Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish yuzasidan Olmaliq shahar hokimi Xamdamov Qobil Muratqulovichning shahar aholisiga murojaati to‘g‘risida;
2️⃣2026 yilda Olmaliq shahar bo’yicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig’imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to’g’risida;
3️⃣Olmaliq shahrida 2026-yilning 1 mavsumi doirasida o’tkazilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonlari yakunlarini ko’rib chiqish va g’olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash to’g’risida;
4️⃣Olmaliq shahar mahalliy byudjetining qo’shimcha manbaalari hisobidan foydalanish to’g’risida;
5️⃣Olmaliq shahar mahalliy byudjetining 2026 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag’laridan foydalanish to’g’risida;
6️⃣“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg’armasi mablag’lari hisobidan foydalanish to’g’risida;
7️⃣Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhini qayta tasdiqlash to’g’risidagi masalalar yuzasidan tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari hamda masalalar yuzasidan doimiy komissiya raislarining xulosalari tinglanib qarorlar tasdiqlandi.
✅Sessiya davomida mas’ullarning hisobotlari va doimiy komissiya raislarining xulosalari atroflicha o‘rganilib, har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
✍️Sessiya yakunida sanoq komissiyasi va sessiya kotibining axborotlari tinglanib, ish jarayoni reglament asosida yakunlandi.