🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi. Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔹Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🔹Shuningdek, kelgusida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida manzilli ishlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.