Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi tomorqalariga suv yetkazilmoqda
янв.21
Ulus mahallasida ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
Tuman Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan tumandagi Arabota mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Arabota mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan ma’lumot
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 11-Qahramon okrugidan saylangan deputat Amonov Jamshid tumandagi “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududning ijtimoiy qiyofasi va aholi yashash sharoitlarini yaqindan o‘rgandi. Aholi bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Mahalla faollari bilan kechgan qizg‘in muloqotda “mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida deputat asosiy e’tiborni oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlariga qaratdi.

Xususan, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali daromad manbaini yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mahalla nafaqat ma’muriy birlik, balki xalqning dardi tinglanadigan, islohotlarning amaliy natijasi ko‘rinadigan eng muhim bo‘g‘in ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, aholi bilan o‘tkazilgan suhbatlarda fuqarolar tomonidan deputatga qilingan murojaatlar qayd qilindi. Har bir masalaning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2