Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nurafshonda “Eng faol maktab direktori” aniqlandi

Nurafshonda “Eng faol maktab direktori” aniqlandi

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi hamda Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati tomonidan “Nurafshon shahridagi eng faol maktab direktori” nominatsiyasi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

12-iyul 2025-yilgacha davom etgan ushbu so‘rovnomada eng ko‘p — 793 ta ovoz bilan 73-sonli maktab direktori Nadjiye Karakash faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🎉

Shu munosabat bilan 2-sentabr – Bilimlar kuni tadbirida Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi kotibiyat mudiri K. Umarboyev g‘olib direktor Nadjiye Karakashni tabriklab, Kengash raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Mazkur tashabbus ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan maktab rahbarlarini rag‘batlantirish va ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasini e’tirof etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3