Mahallalar rivojiga e’tibor – Taraqqiyotda yangi bino ochildi
Mustaqilligimizning shonli 34 yilligi arafasida Nurafshon shahridagi Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Ochilish marosimi doirasida osh damlanib, aholiga tarqatildi. Tadbirda duolar qilinib, yurtimiz tinchligi, farovon hayotimiz barqarorligi uchun minnatdorlik bildirildi. Ishtirokchilar yurtboshimiz tomonidan mahallalar rivoji yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.
Mazkur yangi bino aholiga xizmat ko‘rsatishda yanada qulay sharoitlar yaratib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.