Oybek mahallasida yangi bino ochildi 🏛️✨
Nurafshon shahrida mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami arafasida mahallalarda quvonchli voqealar davom etmoqda. Shu munosabat bilan Oybek mahallasining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Marosimda Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev, Mahalla uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi vakillari, Xalq deputatlari, “Oqila ayollar” harakati faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda yangi binoning mahalla hayotidagi o‘rni va ahamiyati, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar hamda ijtimoiy-ma’naviy ishlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari ta’kidlab o‘tildi.
Ochilish marosimi doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, yoshlar chiqishlari tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi. Shuningdek, mahalla aholisi uchun dasturxon yozilib, osh tortildi. Bu esa marosimni yanada samimiy va ko‘tarinki muhitda o‘tishini ta’minladi.