35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
07 июл 2026

Qonun ijrosi o'rganildi

imgXalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Shomurzayev o‘z saylov okrugidagi Qoziyoqli mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

imgO‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ularning muammolariga amaliy yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputatlar daftari yuritilmoqda

imgXalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Shomurzayev oʻz saylov okrugidagi Qoziyoqli mahallasida boʻlib,  fuqaro Sh.Beknazarov tomonidan bildirilgan murojaatni o‘rganildi.
06 июл 2026

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

imgO‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi yoshlar muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi

imgO‘rganish davomida bozorda sotilayotgan go‘sht, un, non, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, meva-sabzavot va boshqa asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari, mahsulotlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

imgO‘rganish davomida bo‘lim tomonidan hayvonlar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, profilaktik emlash tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etish, veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari sifati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi, mavjud sharoitlar va ish yuritish holati ham ko‘zdan kechirildi.