Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashi deputati Xudoyberdiyev Avazjon Egamberdiyevich Oqtosh
mahallasida bo`lib aholiga sifatli tibbiy yordam ko`rsatish holatini o`rgandi.
O`rganishlar davomida deputat A.Xudoyberdiyev Oqtosh mahallasi hududidagi tuman
Sogʻliqni saqlash boʻlimiga qarashli 11-son Oilaviy poliklinikada
bo`lib, aholi o`rtasida kasallanish, aholini sanitariya-gigiyena ko`nikmalari
bo`yicha bilim saviyasini oshirish, ratsional ovqatlanish, sog`lom turmush
tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish, emlash
ishlari, o`sib kelayotgan avlodni sog`lomlashtirish, onalik va bolalikni
muhofaza qilish, aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish va ularni vaqti-vaqti
bilan tibbiy ko`rikdan o`tkazish holatini o`rgandi va o`zining zarur
tavsiyalarini berib o`tdi.