Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ularning muammolariga amaliy yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.