Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi yoshlar muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar va belgilangan vazifalar ijrosi ko‘zdan kechirilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.