Жаңалықлар

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Normuradova hamda xalq deputatalari shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov ishtirokida Termiz shahar “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida deputatlar tomonidan saylovchilarga o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyatiga doir qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.

Shuningdek, D.Normuradova deputat sifatida xalqning muammolariga yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. U, shuningdek, shaharda amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarga deputat tomonidan bevosita javob berildi va kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.

Slide 1 of 6