Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasilarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Abdumannotovning mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2025-yil birinchi yarim yilligi davomidagi daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rilgan masala yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.