O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xodjayeva shahardagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv uyma-uy loyihasi asosida tashkil etilib deputat tomonidan aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.
Uchrashuv so'nggida saylovchilar murojaatlari og'zaki va yozma ravishda olinib, yozma murojaatlar deputatlik so'rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta'kidlandi.