Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasilarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala, Termiz shahar Maktab va maktabgacha ta’lim tizimining 2025 –2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalari yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i S.Ro‘ziqulovning hisoboti eshitildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rilgan masala yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.