Жаңалықлар

JAMOATCHILIK NAZORATI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat S.Xojiyev tomonidan ichki yo‘llar holatini yaxshilash bo‘yicha jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Sarmich MFY “Jiydazor” ko‘chasida 1,2 km ichki yo‘llarni shag‘allashtirish belgilangan bo‘lib, buguni kunda korxona tomonidan shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat S.Xojiyev mahalla faollari
bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlarning sifatliligiga alohida e’tibor qaratilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4