“Istiqlol” MFY hududidagi rekonstruksiya qilingan Ekobog‘ o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan ekobog‘ o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ekobog‘da amalga oshirilgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari, ko‘kalamzorlashtirish holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan islohotlari, jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ekobog‘ni namunali holatda saqlash va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.