Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi

“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Janubiy” 11-uy, “Janubiy” 12A hamda “Janubiy” 2 va 7-uylar oralig‘ida yoritish tizimi mavjud emasligi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda tungi yoritish tizimi yo‘qligi sababli fuqarolar, ayniqsa bolalar va keksalar uchun harakatlanishda noqulayliklar yuzaga kelayotgani, shuningdek, jamoat xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” hamda “Obod mahalla” dasturi doirasida aholi punktlarida infratuzilmani rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga hududda yoritish tizimini o‘rnatish va mavjud infratuzilmani tiklash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholi uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3