Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi

“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda daraxtlarni kesish (shoxlarini qirqish) bo‘yicha ekologiya xulosasi mavjud bo‘lishiga qaramasdan, tegishli ishlar belgilangan tartibda amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, hududdagi butalar va yashil to‘siqlar tartibga keltirilmagani, ularning yo‘l ko‘rinishini to‘sib qo‘yayotgani sababli fuqarolar va transport vositalari harakati uchun xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkinligi qayd etildi.
Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF–67-son Farmoni hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni muhofaza qilish va obodonlashtirish ishlarini takomillashtirishga qaratilgan tegishli qarorlar ijrosi doirasida o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga daraxtlarning shoxlarini qirqish hamda butalarni tartibga keltirish ishlarini belgilangan tartibda va zudlik bilan amalga oshirish, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4