Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi

“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich, Kengash kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan uchastka noziri faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida uchastka noziri tomonidan hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika ishlarini tashkil etish, fuqarolar bilan yaqin hamkorlikda ishlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan farmon va qarorlari ijrosi doirasida hududda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda “mahalla – xavfsiz hudud” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda uchastka noziri faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3