35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarori deputatlar nazoratida

O‘rganishlarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, inklyuziv ta’limni tashkil etish holati va belgilangan talablarning amaliyotga joriy etilishi tahlil qilinmoqda.

Mazkur qaror bolalarning sifatli va teng ta’lim olishi, kasb-hunarga yo‘naltirilishi, ijtimoiy hayotga faol jalb etilishi va jamiyatga integratsiyasida muhim ahamiyatga ega.

Inklyuziv ta’lim — har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash va kelajagiga mustahkam zamin yaratishning muhim yo‘nalishidir.