35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Bo‘stonliq Farm” EIZda investitiya loyihasining joriy holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Madjitov hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari bilan birgalikda Bo‘stonliq tumanidagi «Kichiksoy» MFY hududida joylashgan “Bo‘stonliq Farm” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida loyihalar doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj va ishlab chiqarish jarayonlarining holati, mavjud muammolar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

🔻Shuningdek, korxonalardagi xizmat xonalarining isitish va sovitish tizimlarining texnik holati, ularning mavsum talablariga muvofiqligi hamda ishchi-xodimlar uchun qulay va munosib mehnat sharoitlari yaratilganlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔻O‘rganish natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muhandislik-kommunikatsiya va maishiy sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, ishchi-xodimlar uchun qulay mehnat muhitini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3